Hujjatlar
Sovgʻa sertifikatlari qoidalari
Sovgʻa nima
Sovgʻa — aniq hamkordan aniq mahsulot yoki xizmatni olish uchun oldindan toʻlangan huquq: bir chashka qahva, guldasta, chipta. Bu pul mablagʻi ham, toʻlov vositasi ham emas.
Sovgʻa bir marta ishlaydi
QR kod faqat bir marta ishlaydi: hamkor uni skanerlashi bilan sovgʻa olingan hisoblanadi. Oʻsha kodni ikkinchi marta koʻrsatib boʻlmaydi, shuning uchun uni bevosita kassada faollashtiring.
Sovgʻadan foydalanish muddati
Muddat sovgʻa kartochkasida va havola orqali ochiladigan sahifada koʻrinadi. U qabul qiluvchi sovgʻani faollashtirgan kundan boshlanadi: havola ochilmaguncha muddat ketmaydi.
Muddat tugasa nima boʻladi
Muddat tugagach QR kod ishlamay qoladi va sovgʻani hamkordan olib boʻlmaydi. Agar muddat qabul qiluvchining aybisiz tugagan boʻlsa, bizga yozing — hamkor bilan birga koʻrib chiqamiz.
Savollar qoldimi
Hujjatda tushunarsiz joy boʻlsa, soʻrang — oddiy til bilan tushuntiramiz. support@wawgift.uz manziliga yozing.